Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

18 yoshli o‘zbek qizi Harvard talabasi bo‘ldi

05-may 23:00
18 yoshli o‘zbek qizi Harvard talabasi bo‘ldi

Foto: «Kun.uz»

Prezident maktabining o‘quvchisi 100 foiz grant asosida dunyoning eng mashhur universiteti — Harvard talabasi bo‘ldi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Go‘zalxon Haydarova barcha tengdoshlariga namuna bo‘lib, oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilish va harakatlari bilan endi Harvard universitetida muhandislik yo‘nalishida tahsil oladi.

«Agar bir o‘g‘il bolaga ta’lim bersang, bir kishiga ta’lim bergan bo‘lasan. Agar bir qizga ta’lim bersang, butun ummatga ta’lim bergan bo‘lasan, degan so‘zlarning zamirida hayotiy haqiqat borligini albatta, hammamiz yaxshi anglaymiz.

Bugun biz ta’limga bo‘lgan e’tiborning yana bir ijobiy natijasini guvohi bo‘lib turibmiz — Prezident maktabining o‘quvchi qizi 100 foiz grant asosida dunyoning eng mashhur universiteti Harvard talabasi bo‘ldi. Har qancha maqtansa arzigulik natija.

Go‘zalxon singari yoshlarimizni ko‘rib, yana bir bor barcha ota-onalardan farzandlaringiz qiziqishlarini qo‘llab- quvvatlang, ularning ilm olishiga motivatsiya bering degim keldi. Zero buning mevasidan birinchi navbatda o‘zingiz va siz orqali butun jamiyat bahramand bo‘ladi», deya munosabat bildirdi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova.