Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

2024-yil o‘qishni ko‘chirish (perevod) jarayonlari haqida bilishingiz kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar

30-iyul 14:42
2024-yil o‘qishni ko‘chirish (perevod) jarayonlari haqida bilishingiz kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlar

Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish (perevod) jarayonlari 15-iyuldan boshlangan. Abituriyentlar va talabalarning o‘qishini ko‘chirish uchun arizalar 5-avgustga qadar davom etadi. Ushbu jarayon quyidagi ikki platforma orqali amalga oshiriladi:

  1. transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga ko‘chirish uchun.
  2. my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga ko‘chirish uchun.

O‘qishni ko‘chirish uchun ruxsat berilgan toifalar:

  1. Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga ko‘chirilishi mumkin.
  2. Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

Xorijiy va xususiy OTM talabalari uchun:

O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi.

"Perevod" uchun o‘tish ballari:

"Perevod" uchun o‘tish ballari to‘g‘risida batafsil ma’lumotni bu yerda ko‘rishingiz mumkin.