38 ta xususiy OTMga litsenziya berishda qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Antikorrupsiya agentligi 2022-yil va 2023-yil hozirgacha bo‘lgan davrida litsenziya olgan OTMlarning 38 tasiga litsenziya berishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.
Nodavlat OTMlarning ayrimlari elektron tizimga o‘quv reja va fan dasturlari to‘liq yuklanmagan yoki umuman yuklanmagan bo‘lsa-da, ularga litsenziyalar berib kelingan.
Agentlik korrupsiyaviy xavfni bartaraf etish uchun takliflar ishlab chiqqanini yozgan, lekin bular qaysi OTMlar, noqonuniy holatlar aniqlanishining talabalarga qanchalik ta’siri borligi haqida hech narsa bildirmagan.