Avstraliya talaba vizasidagi o‘zgarishlar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Avstraliya xalqaro talabalarni o‘qitish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Yuqori sifatli ta’lim , yaratilgan sharoitlar yaxshiligi sabab so‘nggi yillarda o‘zbek talabalarining ham Avstraliyada o‘qish istagi ko‘payayotgan edi.
Lekin 2024-yildan boshlab talaba vizasini olishda bir qancha o‘zgarishlar kiritilmoqda, jumladan:
Ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha o‘zgarish.
Talaba vizasini olish uchun bakalavr talabalaridan endi IELTS 5.5 daraja emas, kamida 6.0 daraja talab etiladi. Magistratura talabalari esa IELTS 6.0 emas, kamida 6.5 darajaga ega bo‘lishlari kerak
Yosh chegarasi bo‘yicha o‘zgarishlar.
Magistratura uchun borayotganlarga yosh chegarasi 50 yoshdan 35 yoshga keskin qisqartirildi.
Viza vaqti davomiyligidagi o‘zgarishlar.
Bunda magistratura kurs ishi uchun beriladigan viza vaqti 2 yil, tadqiqot qilmoqchi bo‘lgan magistr va PhD talabalari viza muddati 3 yil etib belgilandi.
Bundan tashqari, Avstraliyaga kelayotgan talabalarning faqat o‘qish istagida ekanligini tekshiruvchi "Genuine Student Test" joriy qilinadi. Bunda o‘qishdan ko‘ra ishlash istagi yuqori bo‘lgan talabalar sonini to‘xtatish maqsad qilingan.
👉 Avstraliyada ishlash uchun ketmoqchi bo‘lganlarga yaxshi imkoniyatlar joriy qilinmoqda.