Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali e’lon qilindi
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 322-son qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi.
Unda tavsiyanoma qaysi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun amal qilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi ta’lim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasa, abituriyent alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi. Shu sababli kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomaga ega abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda juda ham e’tiborli bo‘lishlari lozim.
Ma’lumki, joriy yilda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi. Lekin kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanomalar oldingi klassifikatordagi ta’lim yo‘nalishlari asosida berilgan.
Quyidagi pdf faylda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalardagi ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi ta’lim yo‘nalishlariga moslik jadvali keltirilgan (jadval Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan).
Agar sizda kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma mavjud bo‘lsa, ushbu jadval bilan tanishgan holda tavsiyanomaga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashingiz lozim
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti bilan bu yerda tanishish mumkin.