Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

05-aprel 18:01
Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2024-yil 3-mart kuni o‘tkazilgan biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

  • 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
  • 65 - 69,9 ball — A daraja;
  • 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
  • 55 - 59,9 ball — B daraja;
  • 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
  • 46 - 49,9 ball — C daraja.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;

🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;

🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

Imtihon natijalarining statistik tahlili ertaga Agentlikning rasmiy veb saytiga joylashtiriladi.