Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Birinchi kurslarni universitetdagi ilk haftada nimalar kutyapti?

06-sentabr 17:07
Birinchi kurslarni universitetdagi ilk haftada nimalar kutyapti?

Birinchi kurs talabalari uchun universitetda yangi o‘quv yili ochilish tadbiri bilan boshlanadi. Bu tadbir davomida talabalarga o‘z fakultet va yo‘nalishlari yuzasidan zarur ma’lumotlar beriladi, shuningdek, ular guruhlarga ajratiladi. Har bir guruhga tutor (guruh rahbari) tayinlanadi, va u talabalarning savollari, takliflari hamda muammolari bilan shug‘ullanadi.

Maktabdagi bir qator tushunchalar universitetda o‘z nomlarini o‘zgartiradi:

  • Sinf – kurs,
  • Sinfxona – auditoriya,
  • Direktor – rektor,
  • Sinf rahbar – tutor.

Darslar ham sezilarli o‘zgaradi. 45 daqiqalik maktab darslari o‘rniga 80 daqiqalik darslar kiritiladi va fanlar nazariy hamda amaliy qismlarga ajratiladi. Masalan, notiqlik fani birinchi darsda nazariy, keyingisida esa amaliy tarzda o‘tiladi.

Birinchi kurs talabalari uchun maslahatlar:

  1. Faol bo‘ling – Darslardan tashqari universitetdagi turli klub va seminarlarni ham o‘tkazib yubormang.
  2. Tarmoq yarating – O‘qituvchilar va professorlar bilan aloqalar o‘rnatish kelajakdagi karyerangiz uchun muhim.
  3. Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering – Talabalikda noto‘g‘ri ovqatlanish oshqozon kasalliklariga olib kelishi mumkin, shuning uchun sog‘lom turmush tarzini saqlang.
  4. Mustaqil o‘qishni tashkil qiling – Universitetda o‘qituvchilar faqat yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishadi, qolgan ish sizning o‘z ustingizda ishlashingizga bog‘liq.