Direktor va o‘rinbosarlar dars bera oladimi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Direktor va uning o‘rinbosarlarining dars berish huquqi mavjud bo‘lsa-da, bu jarayon ancha murakkab va qat’iy qoidalarga asoslangan. Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomning 14-bandiga ko‘ra, xalq ta’limi muassasasining rahbar xodimi tomonidan haftasiga 10 soatgacha dars olib borilishiga ruxsat beriladi. Bu dars soatlari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bo‘lishi kerak.
Nizomning 12-bandiga ko‘ra, direktor va uning o‘rinbosarlariga soatbay haq to‘lash tartibida o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lanadi. Shu bilan birga, bu dars soatlari vakant sifatida hududiy mehnat organiga chiqarilishi lozim.
"Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 15-bandiga asosan, oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanmagan holatlarda, umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlar dars berishi mumkin.
Biroq, bu imkoniyat faqatgina barcha xodimlar dars bilan to‘liq ta’minlangandan so‘ng, soatlar ortib qolgan taqdirda beriladi. Agar vakant dars soatlari uchun o‘qituvchi paydo bo‘lsa, rahbar xodimlar ushbu darslarni mazkur o‘qituvchiga berishlari shart