🏆EDU BRANDING - Eng yaxshi ta’lim brendi tanlovi
                                        Eng yaxshi ta’lim brendlarini aniqlash uchun "Mfaktor" biznes maktabi, EduOn.uz va OLIYGOH.UZ ta’lim platformalari hamkorligida "EDU-BRANDING" ommaviy tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovi tashkilotchilari:
- EduOn.uz va OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi.
 
Tanlov maqsadi:
- O‘zbekistonda xususiy ta’lim salohiyatini yanada oshirish, ta’lim sohasidagi eng yaxshi loyihalarni qo‘llab quvvatlash va ularni keng jamoatchilikka yetkazish.
 
Ushbu tanlov kimlar uchun?
- Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda mavjud bo‘lgan barcha davlat va xususiy maktablar uchun.
 
Tanlov g‘oliblari:
- Har bir nominatsiyadan eng ko‘p ovoz yig‘gan nomzodlar g‘olib hisoblanadi;
 - G‘oliblar maxsus mukofotlar, esdalik sovg‘alar, "Eng yaxshi ta’lim brendi" maxsus statuetkasi (shaffof kubok) va QR-kodli diplomlar bilan tantanali ravishda taqdirlanadi;
 - Taqdirlash marosimi "Mfaktor" biznes maktabining maxsus tadbirlar binosida bo‘lib o‘tadi;
 - Tanlovda faolroq qatnashing va yil brendi nomiga ega bo‘ling;
 - G‘oliblarni ajoyib sovg‘alar va mukofotlar kutmoqda.
 
Tanlovda 15 no nominatsiyalari:
- Eng yaxshi IT maktab;
 - Eng yaxshi xususiy oliygoh;
 - Eng yaxshi o‘quv markaz (fanlar);
 - Eng yaxshi chet tillari o‘qitish markazi;
 - Eng yaxshi ta’lim nashriyoti va kitob do‘koni;
 - Eng yaxshi consulting markazi (xorijda ta’lim);
 - Ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi eng yaxshi speaker.
 
Tanlov kalendari:
- 1-fevraldan 1-martgacha.
 
Tanlovda ovoz berish qanday amalga oshiriladi?
- Tanlov uchun maxsus tashkil etilgan platforma orqali nomzodlar ovoz berish yo‘li bilan baholanadi:
 
- Ro‘yxatdan o‘tish;
 - Nominatsiyani tanlash;
 - Mavjud nomzodga ovoz berish.
 
Platformaning ishlash tizimi:
✅ Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar belgilangan tartibda bir marta ovoz berish huquqqiga ega;
✅ Tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida: shaxsni tasdiqlash, har bir foydalanuvchi uchun maxsus ID va parol funksiyasi mavjud;
✅ Tizim ovozlarni avtomatik-tezkor hisoblaydi va o‘sha vaqtning o‘zida umumiy natijalar ro‘yxatini shakllantiradi;
✅ Platformaning boshqaruv panelida to‘liq nazorat funksiyasi mavjud. Bu orqali sun’iy yo‘llar bilan ovozga ta’sir ko‘rsatish choralariga yo‘l qo‘yilmaydi.
🏆EDU BRANDING - Eng yaxshi ta’lim brendi tanlovida ovoz berish manzili:
📌 Eslatma: Tanlovda ovoz berish 1-mart kuni 18:00 da yakunlanadi.