Xususiy oliygohlar reytingi aniqlanmoqda. "Yilning eng yaxshi xususiy oliygohi - 2022" tanlovi e’lon qilindi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
— Respublikamizda rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan Nodavlat oliy ta’lim muassasalarining reytingini aniqlash maqsadida ta’lim sohasida Eng yirik platformalardan bir OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi va Edu-ta’lim yangiliklari telegram kanali hamkorligida "🏆 YILNING ENG YAXSHI XUSUSIY OLIYGOHI - 2022" tanlovini e’lon qiladi.
❗️Reytinga kirgan oliygohlarning natijalari Respublikamizdagi Eng yirik ta’lim platformalardan biri OLIYGOH.UZ ta’lim platformasida saqlab boriladi va har yilning yakunida ushbu reyting yangilanadi.
Ushbu reytinglar doimiy tarzda keng jamoatchilikga e’lon qilib boriladi.
Tanlov tashkilotchilari:
OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi va Edu-ta’lim yangiliklari telegram kanali
Axborot hamkorimiz:
Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi - TDI.UZ
Tanlov maqsadi:
O‘zbekistonda xususiy ta’lim salohiyatini yanada oshirish, ta’lim sohasidagi eng yaxshi loyihalarni qo‘llab quvvatlash va ularni keng jamoatchilikka yetkazish.
Ushbu tanlov kimlar uchun?
Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda mavjud bo‘lgan rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan barcha Nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun
Tanlov g‘oliblari:
Reyting g‘oliblari "🏆 YILNING ENG YAXSHI XUSUSIY OLIYGOHI - 2022" tanlovinining maxsus guvohnomasi, esdalik sovg‘alar, maxsus statuetka (shaffof kubok) bilan tantanali ravishda taqdirlanadi va keng jamoatchilikga e’lon qilinadi.
Tanlov kalendari:
Tanlov 31-dekabrdan 31-yanvarga qadar davom etadi.
Tanlovda ovoz berish qanday amalga oshiriladi?
Tanlov uchun maxsus tashkil etilgan platforma orqali nomzodlar ovoz berish yo‘li orqali baholanadi:
- Ro‘yxatdan o‘tish;
- Nominatsiyani tanlash;
- Mavjud nomzodga ovoz berish.
Platformaning ishlash tizimi:
✅ Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar belgilangan tartibda bir marta ovoz berish huquqqiga ega;
✅ Tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida: shaxsni tasdiqlash, har bir foydalanuvchi uchun maxsus ID va parol funksiyasi mavjud;
✅ Tizim ovozlarni avtomatik-tezkor hisoblaydi va o‘sha vaqtning o‘zida umumiy natijalar ro‘yxatini shakllantiradi;
✅ Platformaning boshqaruv panelida to‘liq nazorat funksiyasi mavjud. Bu orqali sun’iy yo‘llar bilan ovozga ta’sir ko‘rsatish choralariga yo‘l qo‘yilmaydi.
🏆 YILNING ENG YAXSHI XUSUSIY OLIYGOHI - 2022 tanlovida ovoz berish manzili:
📌 Eslatma: Tanlovda ovoz berish 31-yanvar kuni 20:00 da yakunlanadi.