Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ikki tomonlama va uch tomonlama shartnomalar: Qaysi birini tanlash siz uchun ma’qul?

03-sentabr 02:48
Ikki tomonlama va uch tomonlama shartnomalar: Qaysi birini tanlash siz uchun ma’qul?

Talabalar to‘lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bilan duch kelishadi. Bu bo‘limda talabalar yoki ikki tomonlama, yoki uch tomonlama shartnomani tanlashlari so‘ralmoqda. Ko‘plab abituriyentlardan bu borada savollar kelib tushdi. Ushbu maqolada sizga bu tanlovni qanday qilish kerakligi haqida to‘liq ma’lumot beramiz.

Ikki tomonlama shartnoma nima?

Ikki tomonlama shartnoma — bu Oliy Ta’lim Muassasasi (OTM) va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Bu turdagi shartnomani tanlash kerak bo‘ladi, agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa.

Qachon ikki tomonlama shartnoma tanlash kerak:

  • Abituriyent kontrakt to‘lovini o‘zining shaxsiy mablag‘idan amalga oshirsa.
  • Bankdan ta’lim krediti olmoqchi bo‘lsa.
  • Ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lov amalga oshirilsa.

Bu holatlarda, uch tomonlama shartnoma olish shart emas va faqat ikki tomonlama shartnoma kifoya qiladi.

Uch tomonlama shartnoma nima?

Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Bu turdagi shartnomani tanlash kerak bo‘ladi, agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa.

Qachon uch tomonlama shartnoma tanlash kerak:

  • Homiy tashkilot (masalan, korxona yoki fond) abituriyentning kontrakt to‘lovini qoplayotgan bo‘lsa.
  • Keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlash sharti bo‘lsa.
  • Homiy tashkilotning STIR raqamlari kiritilishi talab qilinadi.

Shartnoma turini tanlashda e’tiborli jihatlar

Shartnoma turini to‘g‘ri tanlash, ariza jarayonini tezlashtirish va kelajakdagi moliyaviy majburiyatlarni aniq belgilash uchun muhimdir. Ikki tomonlama va uch tomonlama shartnomalar o‘rtasidagi farqlarni to‘g‘ri tushunish, talabalar uchun to‘lov jarayonini soddalashtiradi va noqulayliklardan saqlaydi.