Imtiyozlar guldastasi - OTMga kirish uchun 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud (to‘liq ro‘yxat) (2024)
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud.
Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida alohida guruhlanishicha, imtiyozlar bir-biridan farq qiladi:
– Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar
– Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;
– Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar;
– To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;
– Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asosbo‘luvchi imtiyozlar;
– Qo‘shimcha imtiyozlar.
Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar
- Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar
- Harbiy xizmatchilarning farzandlari
- Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari
- Bojxona organlari xodimlarining farzandlari
- Respublika va xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari
- Respublika va xalqaro shaxmat va shashka turnirlari g‘oliblari
- Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari
- “Nihol” mukofoti sohiblari
- Madaniyat vazirligining respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari
- “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari
- “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari
- “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari
- Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari
- Prezident maktablari bitiruvchilari
Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar
- Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari
- Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari
- “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari
- Profilaktika inspektorlari
Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar
- Respublika fan olimpiadalari g‘oliblari
- Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar
- Musiqa, raqs, teatr, folklor, tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblari
- “Bolalar sport o‘yinlari”ning respublika bosqichi g‘oliblari
- Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatga ega abituriyentlar
To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar
- “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilari
- Harbiy musiqa akademik litseyi bitiruvchilari
Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asosbo‘luvchi imtiyozlar
- Olis cho‘l hududlari aholisi
- Bobotog‘ hududidagi yoshlar
- Harbiy xizmatchilarning farzandlari
- Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari
- Bojxona organlari xodimlarining farzandlari
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar
- Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar
- Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari
- Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlar
- O‘rmonchilar va ularning farzandlari
- Besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar
- Oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar
Qo‘shimcha imtiyozlar
- Adliya vazirligi yuridik texnikumlari bitiruvchilari
- Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar
- Prezident grantiga da’vogar abituriyentlar
- Hokim yordamchilari
Bundan tashqari, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan 3 yil amal qiladigan tavsiyanoma beriladi va ular shu tavsiyanoma asosida alohida kvota doirasida o‘qishga qabul qilinadi.
Iqtisod tarmoqlarida ishlayotgan kamida 5 yillik stajga ega bo‘lgan fuqarolar tegishli tavsiyanoma bilan suhbat asosida mos OTMlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ularga 5 yil ishlab berish sharti qo‘yiladi.
Imtiyozlarning to‘liq ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin