Italiya: Magistratura bosqichida o‘qish uchun 120 o‘rinlik grant va yashash hamda turar-joy xarajatlari uchun stipendiya dasturi
Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:
Kalabriya universiteti Yevropaning eng yaxshi universitetlaridan biridir. Talabalar shaharchasidagi qaynoq hayot tarzi bilan bir qatorda, Italiyada yashashning o‘zi ham- takrolanmas tajriba bo‘lishi aniq. Chunki Italiya davlati qadimgi shaharlar, do‘stona odamlar, go‘zal tabiiy manzaralar va hayoliy oshxonalar bilan boydir. Bunday muhit talabalar uchun ko‘plab imkoniyatlar eshigini ochib beradi.
![]()
Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant va oylik stipendiya dasturi orqali iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni rag‘batlantirishni ko‘zda tutadi.
Grantning manfaatli tomonlari:
- 1000 yevrogacha bo‘lgan universitet to‘lovi qoplanadi;
- Turar-joy xarajatlari stipendiya hisobidan qoplanadi;
- 6000 yevrogacha ovqat puli taqdim etiladi;
- 1700 yevrogacha talabalik stipendiyasi beriladi.
Grantga kimlar ariza bera oladi?
- Barcha xalqaro talabalar ushbu stipendiya uchun ariza berish huquqiga ega;
- Nomzodlar akademik baholari asosida saralangani uchun ham ariza beruvchilar a’lochi bo‘lishligi talab etiladi;
- Nomzodlar bakalavr yoki unga tenglashtirilgan darajaga ega bo‘lishi kerak;
- Nomzodlarning sog‘lig‘i yaxshi bo‘lishi kerak.
Zaruriy hujjatlar:
- Pasport nusxasi;
- Tarjimai hol (CV);
- Maktab, kollej yoki litsey diplomi;
- Bakalavr diplomi va ilovasi;
- Ingliz tili sertifikati (IELTS, TOEFL);
- Boshqa foydali hujjatlar.
Ariza berish tartibi:
- Nomzodlar avval bu yerdan registratsiyadan o‘tishlari kerak;
- Registratsiya ma’lumotlari orqali universitetning Esse3 rasmiy sahifasiga kirishlari kerak;
- Sahifaning yuqori o‘ng burchagidan Menu -> Registrar’s Office -> Admission test amallarini bajarishi kerak;
- O‘zi tanlagan dasturni tanlashlari va "CALL FOR EXTRA-EU STUDENTS ..........." buyrug‘uni aktivlashtirib qo‘yishlari kerak.
Grant va stipendiya dasturi uchun nomzodlar 2021-yil 14-may sanasigacha arizalarni taqdim etishlari mumkin.