Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Joriy yil bitiruvchilarining 40 foizi 56,7 ballni to‘play olmagan

27-iyul 14:07
Joriy yil bitiruvchilarining 40 foizi 56,7 ballni to‘play olmagan

Joriy yil bitiruvchilarining 40 foizi 56,7 ballni to‘play olmagan

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan joriy yil bitiruvchilarining kirish test sinovlarida qayd etgan natijalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, bu yilgi sinovlarda jami 378 574 nafar 11-sinf bitiruvchilari ishtirok etgan. Ularning 226 151 nafari, ya’ni 59,74 foizi maksimal ballning 30 foizini, ya’ni 56,7 ball va undan ko‘p to‘play olgan bo‘lsa, 152 114 nafari ushbu natijani qayd etolmagan.

Hududlar kesimida natijalar:

Eng yaxshi natijalar:

  • Buxoro viloyati: 69 foiz
  • Toshkent shahri: 68,5 foiz
  • Navoiy viloyati: 65,4 foiz

Eng past natijalar:

  • Sirdaryo viloyati: 55,3 foiz
  • Farg‘ona viloyati: 54,3 foiz
  • Surxondaryo viloyati: 54,3 foiz