Kimlar test sinovi uchun to‘lov qilishmaydi
26-iyun 15:40
2023-2024 o'quv yili uchun DTM natijalari
➡️ KIRISH BALLARI
Amaldagi tartibga ko‘ra, abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradi.
Ammo, Prezidentning 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son qarori hamda 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmoniga muvofiq quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmasligi belgilab qo‘yilgan:
- Test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar;to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari).Shuningdek:
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi 5 ta yo‘nalish tanlash imkoniyati sabab talaba bo‘ldi
30-avgust 16:10
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
22-avgust 10:34
Talaba bo‘lganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak?
22-avgust 01:23