Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Endi milliy sertifikat test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi

03-fevral 01:36
Endi milliy sertifikat test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi

Hukumatning “Umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlariga talabgorlarni roʻyxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan toʻlovning 90 foizi undiriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga 50 foiz chegirma qoʻllanadi.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga koʻra:

70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;

65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;

60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;

55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;

50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;

46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega boʻlgan abituriyentga tegishli majburiy fan boʻyicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.