O‘quv markazlarida IT-sohasini o‘rganish uchun ham taʼlim krediti beriladi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Talim krediti BHMning 65 baravarigacha bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga beriladi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
Hukumatning tegishli qarori bilan, nodavlat taʼlim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun taʼlim krediti ajratish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, taʼlim krediti:
- bazaviy hisoblash miqdorining 65 baravarigacha (bugungi kunda 19 mln 500 ming so‘m) miqdorda;
- Markaziy bankning asosiy stavkasida (bugungi kunda 15%);
- bir yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;
- har yili 5 ming nafargacha yoshlarga beriladi.
Qayd etilishicha, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oila farzandlari uchun garov va kafillik talab etilmaydi.
Ta’lim kreditlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan yoki qabul qilingan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.
Unga ko‘ra, kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza;
- to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;
- ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.
Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi hamda u Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.
Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, yoki asosiy stavka oshirilgan taqdirda ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.
Mazkur tartib chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga hamda tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, abaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.
Shu bilan birga xotin-qizlarga qaysi banklar foizsiz ta’lim krediti ajratilishi haqida ma’lumot berilgandi.