2023-yil OTMga test sinovlari yopiq pavilonlarda o‘tkaziladi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida vazirlik huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyatidagi tizimli muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda 2023/2024 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarini tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, test sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan alohida binolarning mavjud emasligi sababli o‘tkazilayotgan aksariyat test sinovlari ta’lim muassasalari o‘quv binolarida ta’lim jarayoniga xalaqit qilmaslik uchun haftaning dam olish (shanba va yakshanba) kunlarida o‘tkazilmoqda.
2023/2024 o‘quv yili uchun test sinovlari o‘tkaziladigan 92 ta yopiq inshoot tanlab olindi hamda ularning reja chizmalari tayyorlanib, mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlandi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan 15 ta umumta’lim fanidan 26 520 ta va qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tillardan 2 400 ta test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi. Keng jamoatchilik orasidan test sinovlarida guruh nazoratchiligiga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 8 956 nafar talabgordan 4 000 nafarga yaqini saralab olindi va ular bilan shartnomalar rasmiylashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi sababli 2020-2022 yillarda, 3 yil ketma-ket test sinovlari ochiq joylarda, jumladan stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgan edi.