OTMlarda yangi “Registrator ofisi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
OTMlarda yangi “Registrator ofisi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli qaroriga asosan, oliy ta’lim tizimida 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab “Registrator ofisi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yangi tashabbus oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini yanada samarali boshqarish va talabalarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga qaratilgan.
Registrator ofisining funksional vazifalari quyidagi bo‘limlar tomonidan amalga oshiriladi: o‘quv bo‘limi, dekanatlar, buxgalteriya, marketing va amaliyot bo‘limi, ilmiy bo‘lim, xalqaro aloqalar bo‘limi. Ushbu bo‘limlar o‘z funksiyalarini registrator ofisiga o‘tkazadilar.
Registrator ofisida amalga oshiriladigan ishlar:
- Talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash
- Registrator ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash
- Transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish
- Bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va taqdim etish
- Talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish
Shuningdek, “Registrator ofisi”ni malakali xodimlar bilan to‘ldirish rejalashtirilgan. Ushbu xodimlar orasida xorijiy oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan yoki xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida tajriba o‘tgan shaxslarga ustuvorlik beriladi.
Bundan tashqari, Oliy ta’limni rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda “Registrator ofisi” xodimlari uchun seminar-treninglar va iqtisodiy o‘qishlar tashkil qilish belgilangan.
Ma’lumot o‘rnida, 1-bosqichga tavsiya qilingan talabalarning hujjatlari ham mazkur registrator ofisida qabul qilinadi. Ushbu yangi tizim talabalarga o‘z hujjatlarini oson va samarali boshqarish imkonini beradi.