Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Pedagoglar 1-oktabrdan qancha maosh oladi? Yangi raqamlar

22-avgust 01:37
Pedagoglar 1-oktabrdan qancha maosh oladi? Yangi raqamlar

2024-yil 1-oktabrdan boshlab, Prezidentning farmoniga asosan, budjet tashkilotlarida ishlovchi pedagog xodimlar, shuningdek, tibbiyot xodimlari, maktabgacha, umumta’lim, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va tashkilotlari, "Muruvvat" internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi 15 foizga oshirilishi belgilandi. Oshirilgan maoshlar quyidagicha taqsimlanadi:

Maktab direktori:

  • 4 696 805 so‘m (400 o‘quvchigacha)
  • 5 015 054 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
  • 5 317 901 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
  • 5 625 394 so‘m (1600dan ortiq)

Direktor o‘rinbosarlari:

  • 4 386 677 so‘m (400 o‘quvchigacha)
  • 4 696 805 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
  • 5 015 054 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
  • 5 317 901 so‘m (1600dan ortiq)

Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:

  • 1 779 871 so‘m (400 o‘quvchigacha)
  • 2 030 275 so‘m (401-880 o‘quvchigacha)
  • 2 111 025 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha)
  • 2 286 447 so‘m (1600dan ortiq)

CHHQBT rahbari:

  • Mutaxassis: 3 390 824 so‘m
  • Ikkinchi toifali: 3 796 213 so‘m
  • Birinchi toifali: 4 230 138 so‘m
  • Oliy toifali: 4 674 594 so‘m

Psixologlar:

  • Oliy ma’lumotli psixolog: 3 051 742 so‘m
  • Ikkinchi toifali psixolog: 3 268 047 so‘m
  • Birinchi toifali psixolog: 3 489 865 so‘m
  • Oliy toifali psixolog: 3 702 280 so‘m

O‘qituvchilar:

  • O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi: 3 169 623 so‘m
  • Oliy ma’lumotli o‘qituvchi: 3 390 824 so‘m
  • Ikkinchi toifali o‘qituvchi: 3 796 213 so‘m
  • Birinchi toifali o‘qituvchi: 4 230 138 so‘m
  • Oliy toifali o‘qituvchi: 4 674 594 so‘m

Maktab laboranti:

  • 1 604 647 so‘m

Kadrlar bo‘yicha menejer:

  • 1 598 520 so‘m

Kutubxona mudiri:

  • O‘rta maxsus ma’lumotli: 2 135 861 so‘m
  • Oliy ma’lumotli: 2 330 402 so‘m

Kutubxonachi:

  • O‘rta maxsus ma’lumotli: 1 852 107 so‘m
  • Oliy ma’lumotli: 1 949 589 so‘m