Rad etilgan magistratura arizalarini qayta tahrirlash imkoniyati
06-avgust 12:55
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
6–8-avgust kunlari magistraturaga qabul boʻyicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin
2024/2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarning arizalari koʻrib chiqildi.
Rad etilgan arizalar:
Arizalarni koʻrib chiqish natijasida koʻplab murojaatlar turli sabablarga koʻra rad etilgan. Sabablar quyidagicha:
- Tanlangan mutaxassislik bitiruvchining taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mos yoki turdosh emasligi
- Soʻralgan hujjat oʻrniga boshqa hujjat yuklangan yoki toʻliq yuklanmagan
- Yuklangan hujjatlar sifatsizligi
- Boshqa texnik sabablar
Arizalarni qayta tahrirlash:
- Tahrirlash sanasi: 6–8-avgust
- Qayta tahrirlash imkoniyati: 1–30-iyul kunlari magistr.edu.uz tizimidan ariza yuborgan va kamchiliklar sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga tahrirlash imkoniyati yaratildi.
- Muhim eslatma: Xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida boʻlmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi.
Tahrirlash muddati tugagach:
- Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.