Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga qanday hollarda ruxsat etiladi?

17-sentabr 22:48
Sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga qanday hollarda ruxsat etiladi?

Qanday hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi?

Qonunchilikka koʻra, malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:

  • Oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani;
  • Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;
  • V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”;
  • VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”;
  • V — IX sinflarda “Texnologiya”;
  • X — XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fanlari;
  • Taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Oʻzbek tili” fani;
  • Taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani.