Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Sirtqi ta’lim: qaysi yo‘nalishlarda 5 yillik ish staji talab qilinadi?

30-iyul 13:08
Sirtqi ta’lim: qaysi yo‘nalishlarda 5 yillik ish staji talab qilinadi?

2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qarorga ko‘ra, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishda ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar talab etiladi.

Sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yillik ish staji talab etiladigan yo‘nalishlar:

  • Boshlang‘ich ta’lim
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • Musiqa ta’limi
  • Jismoniy madaniyat
  • Texnologik ta’lim

Ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan va hozirda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan olinadi.

Boshqa ta’lim yo‘nalishlari:

Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.