Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Super-kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi

02-sentabr 14:36
Super-kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi

Super-kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi

To‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt to‘lovlari belgilandi. Quyidagi barobarlar asosida to‘lov miqdorlari hisoblanadi:

  • 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — to‘lov 1,5 barobar;
  • 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — to‘lov 2,0 barobar;
  • 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — to‘lov 2,5 barobar;
  • 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — to‘lov 3,0 barobar.

Ushbu toifadagi abituriyentlar uchun to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari quyidagicha hisoblanadi:

  • Oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llaniladi;
  • Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.

Eslatma: Shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.