Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talaba bo‘lganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

21-avgust 00:36
Talaba bo‘lganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Abituriyentlar orasida o‘qishga kirgan yo‘nalish o‘rniga, boshqa yo‘nalishda super-kontraktda o‘qish imkoniyati bor-yo‘qligi haqida ko‘p savollar tug‘ilmoqda. Masalan, abituriyent birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishga ball yetmagan, lekin uchinchi yo‘nalishga kirgan bo‘lsa, u birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Huquqshunos bloger Xushnudbek Xudoyerdiyev bu masalaga aniqlik kiritib, hozircha bu boradagi joriy yilgi tartib tasdiqlanmaganini ta’kidladi.

"O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishlarga taalluqli emas. Ya’ni, agar abituriyent 3-yo‘nalishga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga ruxsat berilgandi," — deydi u o‘z postida.

Agar abituriyent beshta yo‘nalishga ham kira olmagan bo‘lsa, unda istalgan yo‘nalishda super-kontraktda o‘qishni tanlashiga ruxsat beriladi. Xohlasa, birinchini tanlaydi, xohlasa, uchinchini, yoki beshinchini tanlaydi.

Joriy yilgi tartib tasdiqlangandan so‘ng, bu borada qo‘shimcha xabar berilishi kutilmoqda.