Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

TDIU talabalari Moskvadagi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lishdi

31-mart 01:23
TDIU talabalari Moskvadagi xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lishdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” fakultetining talabalaridan iborat universitet jamoasi Patrisa Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlar do‘stligi universitetida 2024-yilning 27-29-mart kunlari bo‘lib o‘tgan “Atrofimizdagi buxgalteriya hisobi” xalqaro olimpiadasida ishtirok etdi.

Universitet axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur xalqaro olimpiadada TDIU talabalari yakka tartibdagi tanlovda 1-o‘rinni, jamoaviy tartibdagi tanlovda esa 3-o‘rinni egallashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, xalqaro olimpiadada 67 ta universitetdan 89 ta jamoa va umumiy hisobda 524 nafar talabalar ishtirok etgan.

Teglar