Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari

23-iyul 12:29
Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari

2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga kirish test sinovlari 2024-yil 27-iyul kuni 09:00 da bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari huquq va chet tili fanlari hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i beriladi va ularni ishlash uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 126 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun quyidagi ballar beriladi:

  • huquq fanida — 3,1 balldan (jami 62 ball)
  • chet tili fanida — 2,1 balldan (jami 42 ball)
  • IQ bo‘yicha — 1,1 balldan (jami 22 ball)

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari adolatli va shaffof o‘tkazilishi uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan. Talabgorlar test sinovida muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun barcha ko‘rsatmalarga amal qilishlari lozim.