Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Birlashgan Millatlar Tashkilotida onlayn bepul volontyorlik qilish imkoniyati

15.10.2021 08:15
Birlashgan Millatlar Tashkilotida onlayn bepul volontyorlik qilish imkoniyati

Grant turi:

Konferensiya, Malaka oshirish

Umumiy Ma’lumotlar:

United Nations Volunteers Program ushbu onlayn volontyorlik dasturi orqali har bir yoshda dunyoni o‘zgartirish imkoniyati bo‘ladi. Ushbu jadal rivojlanayotgan jamiyatda volontiyorlar Birlashgan Milatlar Tashkilotining dunyo miqiyosida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini ado etishda yordam beradi. Har yili ushbu tashkilot har yili 12.000 volontiyorlarni qabul qiladi , shunigdek ulardan 60 % i rivojlanayotgan mamlakatlardan. Har bir volontiyor o‘z qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yo‘nalishlar tanlash huquqiga egadirlar. Shuningdek ushbu volontiyorlik orqali yoshlar xalqaro atmosferani his etishlari hamda buntun dunyodan do‘stlar orttirishlari mumkin bo‘ladi.

UN volontiyorlik dasturining foydali tomonlari:

  • Oson, tezkor hamda xavfsiz;
  • Dastur davomida berilgan vazifalarni bajarish uchun volontiyorlardan o‘z turar joylaridan boshqa hududlarga chiqishlari so‘ralmaydi;
  • Volontiyorlar tog‘ridan to‘g‘ri Birlashgan Millatlar tashkilotining rasmiy vakillari bilan uchrashishadi hamda ularning e’tiborlariga tushishlari mumkin;
  • Volntiyorlik qilishning judayam ko‘plab turlari mavjud, shuning uchun nomzodlar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlarni erkin tanlashlari mumkin;
  • Barchasi bepul;

Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:

  • Barcha millat vakillari topshirishlari mumkin;
  • Yosh chegarasi ham qo‘yilmagan, shuningdek ayollar va erkaklar ham birdek qatnashishlari mumkin;

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni:

  • Barcha qatnashchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari zarur;
  • Agarda siz yolg‘zi o‘zinggiz qatnashayotgan bo‘lsangiz " become a volunteer" ni tanlashinggiz kerak;
  • Agarda tashkilot bo‘lib qatnashayotgan bo‘lsanggiz " Engage Volunteers" bo‘limini tanlashinggiz zarur;
  • Barcha ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritayotganingizga e’tiborliroq bo‘ling;