Alberta universiteti 2022: Kanadada bakalavriat va magistratura uchun to‘liq va qisman grantlar
                                        Muddati:
01.07.2022
Davlat:
Kanada
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura
Umumiy ma’lumotlar:
Kanadadagi eng nufuzli oliygohlardan biri QS reytingida 119-o‘rinni egallagan Alberta universititeti tomonidan bakalavriat hamda magistrlik dasturlarida grant asosida tahsil olish imkoniyati. Alberta universitetida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, ovqatlanish fanlari, san’at va dizayn, biologiya fanlari, muhandislik sohalari, san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash fanlari kabi barcha akademik sohalar, shuningdek, 300 dan ortiq bakalavriat va 500 magistrlik dasturlari mavjud.
Talablar:
- Barcha millat vakillari hamda talabalar ariza topshirishlari mumkin.
 - Tanlangan bakalavr va magistratura talabalari Kanadada talabalar vizasi ruxsatnomasi bo‘yicha o‘qishadi.
 - Bakalavr dasturlari uchun 12 yillik ta’lim tugallanishi kerak.
 - 16 yil yoki unga tenglashtirilgan magistr darajalari uchun ta’lim talab qilinadi.
 
Eslatma: $135 miqdorda ariza topshirish uchun qaytarib berilmaydigan(non refundable) qabul to‘lovini qilishingiz lozim;
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- Batafsil CV yoki rezyume sizning ta’lim, tajribangiz va tajribangizni qisqacha tushuntiradi.
 - Motivatsion xat.
 - Oxirgi institutdan ikkita tavsiyanoma.
 - Agar ona tilingiz ingliz tilidan boshqa bo‘lsa, GRE GMAT yoki boshqa test ballari IELTS yoki TOFEL.
 - Barcha hujjatlar PDF faylida topshirilishi kerak.
 
Foydali jihatlari:
- Umumiy miqdorda $5000 bo‘lgan pul ajratilad;
 - Oylik stipendiya;
 - Tibbiy sug‘urta xarajatlari;
 - Borib kelish xarajatlari ham shu jumladan qoplab beriladi
 
Xalqaro talabalar uchun ariza topshirish muddati tegishli bo‘lim tomonidan belgilanadi. Muddati dastur boshlanishidan 12 oy oldin bo‘lishi mumkin.
- 1 iyul Sentyabrga qabul uchun;
 - 1-noyabr Yanvarga qabul uchun;
 - 1-mart Mayga qabul uchun;
 - 1-may iyulga qabul uchun;
 
Batafsil ma’lumotlar yuzasidan bu yerga shuningdek onlayn ariza topshirish uchun esa bu yerga murojaat eting.