University of Twente Scholarship 2022: Gollandiyada magistarura bosqichi uchun to‘liq va qisman grantlar
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Umumiy ma’lumotlar:
The University Twente Scholarship (UTS): bu Twente universitetida magistratura dasturiga ariza topshirgan Yevropa Ittifoqi/EEA ga kirmaydigan mamlakatlarning (O‘zbekiston kirmaydi) yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan talabalari uchun stipendiya dasturi hisonlanadi. Talabalar bir yil davomida 3000 evrodan 22 000 evrogacha stipendiyaga ega bo‘ladilar.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- Dastlab nomzodlar Twente universitetiga magistratura bosqichiga kirib qabul xatini olgan bo‘lishi kerak bo‘ladi.
- 2022/2023 oʻquv yilida (sentyabr) boshlangan malakali UT magistratura dasturlari uchun hujjat topshirishning oxirgi muddati 1- may;
- Nomzodlarda talaba raqamingiz (studentnumber - magistratura bosqichiga kirganingizdan so‘ng beriladi, biz ushbu raqmsiz grant uchun ariza topshira olmaysiz)bo‘lishi kerak.
- Nomzodlar oldin (bakalavr) magistratura dasturlarini ushbu universitetda tugatmagan bo‘lishi kerak;
- Academic IELTS 6.5 (yoki TOEFL iBT 90) va speakingdan kamida 6.0;
- Twente universiteti stipendiyasi yuqori akademik ko‘rsatkichga ega talabalar uchun mo‘ljallangan stipendiya hisoblanadi.
- Niderlandiyalik talabalar topshira olmaydi;
Stipendiya miqdori:
- Bir yil uchun € 3,000 - € 22,000 (taxminan 50 stipendiya mavjud).
- Tvente universitetida o‘qishning taxminiy yashash xarajatlari haqida umumiy ma’lumotni ko‘rib chiqing (o‘quv to‘lovlari bundan mustasno).
- Ushbu stipendiya o‘qish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun mo‘ljallangan. Pulni qanday sarflashni talabaning o‘zi hal qiladi. Sizning nomingizdan hech qanday xarajatlar (masalan, o‘quv to‘lovlari) to‘lanmaydi.
Eslatma: Ushbu univeristetda asosan 1 yillik hamda 2 yiilik magistrlik dasturlari mavjud. Agarda siz stipendiyani 2- yilga ham o‘tishini istasangiz :
- Birinchi yilning uchinchi choragi oxirida o‘rtacha 7 ball (10 balldan).
- Birinchi yilning uchinchi choragi oxirida Yevropa kreditlarining kamida 50% olgan bo‘lishingiz kerak;
Ariza topshirishning oxirgi muddati - 1-bosqich:
- Ariza shakli 2021-yil 15-oktabr, CET 09.00 da ochiladi
- Ariza shakllari 2022-yil 1-fevral, CET 16.00 da yopiladi (2022-yil sentabrdan boshlanadigan dasturlar uchun)
Ariza topshirishning oxirgi muddati - 2-bosqich:
- Ariza shakli 2022-yil 1-fevral, CET 16.00 da ochiladi
- Ariza shakli 2022-yil 1-may, CET 16.00 da yopiladi (2022-yil sentabrdan boshlanadigan dasturlar uchun)
Ariza topshirish:
Avval magistratura dasturiga ariza topshirishingiz kerak . Magistratura dasturiga ariza topshirganingizdan va (shartli) qabul xatini olganingizdan so‘ng, talaba raqamingiz bilan stipendiya olish uchun ariza topshirishingiz mumkin .
Hujjat topshirishdan oldin batafsil rasmiy ma’lumotlar bilan tanishib chiqing.