Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

UPG Sustainability Leadership dasturida qatnashib AQShga bir haftalik bepul sayohat qilish imkoniyati

7.10.2021 20:42
UPG Sustainability Leadership dasturida qatnashib AQShga bir haftalik bepul sayohat qilish imkoniyati

Muddati:

15.11.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

act.unitedpeople.global

Grant turi:

Malaka oshirish

United People Global (UPG) - bu odamlarni rag‘batlantiruvchi va ularga dunyoni barqarorlashtirish uchun kuch beradigan jamoa. Bu turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin, xususan, Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG) erishishga hissa qo‘shish orqali.

UPG Sutainability Leadership dasturi odamlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanishda fuqarolarning yetakchiligini qo‘llab-quvvatlashga safarbar qiladi. UPG ijobiy harakatlarni amalga oshirish orqali ta’sir ko‘rsatmoqchi bo‘lgan odamlarni birlashtiradi.

Imtiyozlar:

  • Saralangan nomzodlar UPG Sustainability Leaders onlayn darslarida bepul ishtirok etadi;
  • Eng yaxshi ishtirokchilar AQShning Hurricane orolida mashg‘ulot olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi;
  • Tashkilotchilar ishtirokchilarning barcha xarajatlarini - o‘quv materiallari, turar joy, ovqatlanish, mahalliy transport, xalqaro reyslar qoplaydi.

Talablar:

  • Millati, jinsi, irqidan qat’iy nazar barcha 18-35 yosh oralig‘ida bo‘lgan nomzodlar qatnasha oladi;
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi shart;
  • G‘ayratli, qiyinchiliklarni yengib o‘tadigan, hammadan boshqacha fikrlaydigan bo‘lishi kerak.

Arizani to‘ldirishda quyidagilarga e’tibor bering.

  • Arizalar onlayn tarzda to‘ldirilishi kerak; pochta, faks yoki elektron pochta orqali UPGga yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi;
  • Qizil yulduzcha bilan belgilangan savollarga javob berish kerak;
  • Jismoniy shaxslar faqat bitta ariza topshirishlari mumkin. Agar nomzod har xil elektron pochta manzillaridan foydalangan holda ikkita ariza topshirsa, ular diskvalifikatsiya qilinadi.

Dastur haqida batafsil rasmiy havola orqali bilib olishingiz mumkin.