Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xalqaro fan olimpiadasida oltin medal olgan o‘quvchilarga 165 mln so‘m beriladi

17-iyul 08:18
Xalqaro fan olimpiadasida oltin medal olgan o‘quvchilarga 165 mln so‘m beriladi

Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar prezident qaroriga ko‘ra mukofotlanadi.

Oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m);

Kumush medalni qo‘lga kiritganlarga o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m) pul mukofoti;

3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.