Xususiy OTMning sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun berilgan diplomi tan olinmaydi(mi)?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ijtimoiy tarmoqlarda "xususiy OTMning sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun berilgan diplomi tan olinmaydi" mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Aslida masala noto‘g‘ri talqin qilingan bo‘lib, mavzu yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Ma’lumki, 2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi, jumladan;
- boshlang‘ich ta’lim;
- tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
- musiqa ta’limi;
- jismoniy madaniyat;
- texnologik ta’lim yo‘nalishlarga 5 yillik pedstajsiz o‘qishga qabul qilish mumkin emas.
Yuqorida sanab o‘tilgan beshta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan boshqa barcha yo‘nalishlarga istalgan abituriyent o‘qishga topshirishi mumkin va bu bo‘yicha huquqiy cheklov mavjud emas.
Ta’kidlash joizki, Respublikamizda litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan 80 dan ortiq nodavlat OTMlarning sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun berilgan diplomlari “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunning 31-moddasiga muvofiq, Respublikada hududida davlat OTMlari diplomi bilan teng darajada qabul qilinadi.