Yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt miqdori 11 mln 250 ming so‘mgacha yetadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Yangi o‘quv yilida to‘lov-kontrakt miqdori 11 mln 250 ming so‘mgacha bo‘ladi
2024/2025 o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt miqdorlari 7 mln 400 ming so‘mdan – 11 mln 250 ming so‘mgacha bo‘lgan oraliqda belgilangan.
Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova respublika oliy va professional o‘quv muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi haqidagi brifingida ma’lum qildi.
Jumladan, amaldagi kontrakt to‘lovlari bitta talabani bir yillik o‘qitish xarajatlarining o‘rta hisobda 65,5 foizini qoplaydi. Yetishmagan mablag‘lar oliy ta’lim muassasalarining tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanishi kutilmoqda.
Shuningdek, "Texnika, madaniyat va san’at hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi aksariyat oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun yetishmayotgan mablag‘larning bir qismi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilmoqda, - deydi matbuot xizmati rahbari.