Akademik litsey uchun abituriyentlarga uchtagacha yo‘nalish tanlashga ruxsat berilishi mumkin
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bunda akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash kerak bo‘ladi.
Hukumatning “Akademik litseylarga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida"gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi.
Shu bilan birga, abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Bundan tashqari, akademik litseylarga o‘qishga qabul qilishda xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, xorijiy til sertifikati mavjud abituriyentlarga imtiyozlar beriladi.
Qaror bilan tasdiqlanishi nazarda tutilgan nizomga ko‘ra:
- akademik litseylarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini tanlab olish, o‘qishga qabul qilish tartibi;
- akademik litseylarda maslahat kengashlari faoliyatini tashkil etish, hujjatlarni qabul qilish, imtihonlarni o‘tkazish, rasmiylashtirish va natijalarni e’lon qilish tartibi;
- fan olimpiadalari, tanlovlar g‘oliblari va umumta’lim fanlarini o‘zlashtirish sertifikatiga ega bo‘lganlar uchun imtiyozlarni qo‘llash;
- akademik litsey o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatish tartibi belgilanadi.
Fikr-mulohazalarni havola orqali 2-maygacha jo‘natish mumkin.