Bakalavriat va magistratura qabuli uchun kvotalar tasdiqlandi
21-iyul 10:53
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bakalavriat va magistratura qabuli uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi F–36-son farmoyishi bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:
bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 838 nafar;
magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 9 365 nafar grant o‘rinlari ajratildi.
Shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan 2024/2025-oʻquv yili uchun:
bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul boʻyicha:
- umumiy qabul parametrlarini;
- qoʻshimcha qabul parametrlarini;
- oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini;
- maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
- umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushi hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha umumiy qabul parametrlari tasdiqlanishi belgilandi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Magistratura va doktoranturaga kirishda kimlardan xorijiy til sertifikati talab etilmaydi?
14-oktabr 04:06
Hurmatli xotin-qizlar! 15-sentabrga qadar ariza topshirmasangiz kontrakt pullaringiz davlat tomonidan qoplanmaydi!
31-avgust 16:36
Magistratura uchun ham ta’lim krediti beriladimi?
30-avgust 18:20