Bakalavriatg qabul qilish tartibida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda
08-may 15:05
Abituriyentlar uchun
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Joriy yilning 6 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda quyidagi islohotlarni joriy qilish taklif etildi:
Davlat buyurtmasi (grant kvotalar)ni shakllantirish bo‘yicha:
- davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi;
- ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartirilib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi;
- 2025 yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash va ularga bo‘lgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi (amalda 1 yil);
- oliygohlar moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, keyingi o‘quv yili uchun umumiy qabul parametrlarini (grant va kontraktga ajratmagan holda) bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha shakllantiradi;
- davlat buyurtmasi asosida grant o‘rinlari har bir yo‘nalish uchun respublika bo‘yicha to‘plangan ballar ketma-ketligiga ko‘ra abituriyentlarning tanloviga muvofiq amalga oshiriladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Bu yil imtihonda abituriyentlarga nechta savol tushadi?
12-aprel 11:15
2025-yildan boshlab xususiy oliygohlarga ham kvota belgilanadi
03-avgust 15:44
Abituriyentlar uchun qurilayotgan ming kishilik bino
26-iyul 10:39
Diplomning davri o‘tmoqda. Abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?
24.12.2022 19:21