Endi maktab bitiruvchilarining ko‘pchiligi oliygohga o‘qishga kirsa, rahbar xodimlar rag‘batlantirilmaydi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Dastlab bitiruvchilarni oliy ta’limga kiritish uchun juda ko‘p targ‘ibot olib borildi. Yuqori natijalarni qayd etgan maktab rahbarlarini esa rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Afsuski, ushbu tartib hech qancha vaqt o‘tmay ya’ni, 2022 yilning avgust oyidan boshlab Vazirlar Mahkamasining 425-sonli qarori bilan bekor qilindi.
Shu sababli endi maktab bitiruvchilarining ko‘pchiligi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan maktabning rahbar xodimlari endi rag‘batlantirilmaydi.
Avvalgi tartibga ko‘ra, umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining 80 foizidan yuqorisi oliygohlarga o‘qishga qabul qilinsa, rahbar xodimlar 2 mln so‘mdan 11 mln so‘mgacha bo‘lgan miqdorda rag‘batlantirish ko‘zda tutilgan edi.
Endi bu tartib yo‘q. Lekin, bitiruvchisi oliygohga kam kirgan maktab rahbarlari uchun jazo choralari esa hali ham amalda. Afsuski, ta’limda umri uzoq bo‘lmagan qarorlar juda ko‘p qabul qilinadi.