Kasbiy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Kasbiy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborish davom etmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar hamda tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.
Joriy yilning 25 iyulidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat xizmatlari markazlari orqali navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlar qabul qilinadi.
Murojaatlarni yuborish 2024-yil 10-avgust (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun: joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida muvaffaqiyatli o‘tgan 4 896 nafar stajyor-o‘qituvchilarning sertifikatlari ularning shaxsiy kabinetlariga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz: Navbatdan-tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlarida joriy yilning mart-iyun oylarida o‘tkazilgan kasbiy sertifikatlash sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan (56 baldan kam ball to‘plagan) stajyor-o‘qituvchilar hujjat topshirishlari mumkin.