KNB Scholarship: Indoneziyada magistratura va doktorantura bosqichlari uchun to‘liq moliyalashtiriluvchi grant dasturi
Muddati:
31.03.2022
Davlat:
Indoneziya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Doktorantura, Magistratura
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Grant va universitet haqida qisqacha:
Beasiswa Kemitraan Negara Berkembang yoki xalq orasida KNB grant dasturi nomi bilan tanilgan ushbu dastur Indoneziya Respublikasi hukumati tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlardan kelgan iqtidorli xalqaro talabalarga taqdim etiladigan nufuzli grant dasturi hisoblanadi. Ta’lim va madaniyat vazirligi Oliy Ta’lim Bosh Direktsiyasi tomonidan boshqariladigan ushbu stipendiya potentsial talabalarga dunyodagi madaniy jihatdan eng xilma-xil millat hayotini o‘rganish va Indoneziyadagi 23 ta taniqli universitetlardan birida bakalavr, magistr va doktorlik darajalarini olish imkoniyatini beradi.
Ayni vaqtda grant taklif etayotgan mezbon ITS oliygohi THE (Times Higher Education) e’lon qilgan dunyo universitetlari reytingida Osiyo universitetlari orasida #301-350 o‘rinni egallaydi. Sizda ham mana shunday nufuzli oliygohda mutlaqo bepul o‘qish istagi paydo bo‘lgan bo‘lsa, unda shoshiling!
Grant muddati:
Grant davomiyligi tanlangan o‘quv dasturi va 1 yillik (2 semestr) Bahasa Indoneziya tilini o‘rganish muddatini o‘z ichiga oladi. Magistratura dasturlari uchun 3 yillik muddat (2 semestr Bahasa Indoneziya til kursi + 4 semestr magistratura darajasi) va doktorantura dasturlari uchun 4 yillik muddat (2 semestr Bahasa Indoneziya til kursi + 6 semestr doktorantura darajasi) uchun taqdim etiladi.
Eslatma: Barcha akademik dasturlar (ma’ruzalar va tezislar / dissertatsiyalar) indoneziya tilida olib boriladi va shu sabab ham talabalar dastlabki yilda til kursini tamomlashadi.
Mezbon oliygo taklif etayotgan barcha o‘quv dasturlari borasida batafsil ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:
Grantning umumiy tafsilotlari:
- Davlat: Indoneziya;
- Universitet: Sepuluh Nopember Institute of Technology oliygohi;
- Grant turi: Xalqaro to‘liq grant;
- Manfaatli jihatlari:
- To‘liq o‘qish puli qoplanadi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitetga to‘lanadi)
- Yashash xarajatlari uchun stipendiya
- Tadqiqot va kitob uchun to‘lovlar (tanlangan asosiy kurs davomida beriladi)
- Tibbiy sug‘urta
- Borish va kelish uchun xalqaro parvoz chiptasi to‘lovi
- Immigratsiya to‘lovi
- Davomiyligi: Tanlangan o‘quv dasturi + 2 semestrlik til kursi;
- Kimlar uchun: Sepuluh Nopember Institute of Technology oliygohida magistratura va doktorantura bosqichlaridan birida o‘qishni istagan rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro talabalari uchun.
Nomzodlarga qo‘yilgan umumiy talablar:
- Grant olish uchun ariza berishning maksimal yoshi 35 yosh;
- Nomzod tegishli Ta’lim va Madaniyat Vazirligi tomonidan tasdiqlangan bakalavr yoki magistratura darajasiga ega bo‘lishi kerak;
- Nomzod TOEFL iBT kamida 80 ball yoki IELTS 6.0 ballik sertifikatni taqdim etishi kerak (yoki shu darajaga teng keladigan boshqa ingliz tilini bilish test sertifikatlari);
- Nomzod GPA ko‘rsatkichlari 3.25 ballga teng bo‘lishi kerak;
- Nomzod onlayn anketani to‘ldirishi kerak;
- Indoneziyaga jo‘nab ketishdan oldin, g‘olib bo‘lgan nomzodlar KNB stipendiyasi rahbariyati tomonidan tayyorlangan bayonot xati va stipendiya shartnomasini imzolashi kerak.
Eslatma: Grant dasturi uchun ariza berish jarayonida nomzod Indoneziya elchixonasidan nomzodlikka rasman tavsiya etilganligi borasida xat olishi talab etiladi. Kerakli barcha hujjatlar ro‘yxati va ularni yuborish shartlarini bu yerdan bilib olishingiz mumkin. Agarda hujjat topshirish jarayonida muammo yuzaga kelsa nomzodlar quyidagi rasmiy manzillarga murojaat qilishlari tavsiya etiladi:
Desy Kurniawati (Ms.)
ITS Global Engagement
E-mail: [email protected]
Phone/ Fax: +62–31–5923411
Tugash muddati: 2022-yil 31-mart