Magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda xorijiy til bilish sertifikati talabi bekor qilinishi mumkin.
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-son qarori tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB)dan o‘tkazilmoqda.
TSTB doirasida magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga tanlovlarda faqat til bilish sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishiga oid majburiy talab hamda bunday sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama to‘lash bilan bog‘liq tartiblarning aholi va ta’lim muassasalariga ta’siri baholanmoqda.
Baholash natijalariga ko‘ra, ko‘zlangan maqsadlarga erishilmagan va samarasiz yoki samaradorligi past bo‘lgan talab va tartiblarni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
Ushbu masalalar yuzasidan taklif va mulohazalaringizni [email protected] pochta manziliga yuborishingiz mumkin.