Niderlandiya: Bakalavr bosqichi xalqaro talabalari uchun qiymati yiliga 2 500 yevrolik stipendiya dasturi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Grant dasturi borasida qisqacha:
Hanze Minerva Scholarship grant dasturi Hanze University of Applied Sciences oliygohi san’at akademiyasining bakalavr bosqichida ta’lim olish niyatida bo‘lgan Yevropa Iqtisodiy Mintaqasi (EEA) tashqarisidagi davlatlardan bo‘lgan nomzodlar uchun taqdim etilishi ko‘zda tutiladi. Bu grant dasturi g‘oliblarning Gollandiyada yashash xarajatlariga moliyaviy ko‘mak sifatida asosan to‘rt yillik muddat davomida berib boriladi.
Grantning manfaatli tomonlari:
- Hanze Minerva stipendiyasi miqdori bir o‘quv yili uchun 2,500 yevroni tashkil qiladi;
- Grant har bir o‘quv yili uchun bitta to‘lovdan iborat bo‘lib, tanlangan talabalarga har yilning noyabr oyida beriladi;
Eslatma: Hanze Minerva grant dasturi - bu yashash xarajatlari uchun moliyaviy ko‘mak bo‘lib, o‘quv to‘lovini kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin emas!
Talablar:
- Nomzodlarning fuqaroligi Yevropa Iqtisodiy Mintaqasi tashqarida bo‘lishi;
- 2021-yil sentyabrdan boshlab Minerva San’at Akademiyasining quyidagi bakalavr dasturlaridan biriga qabul qilingan bo‘lishlik;
- Dizayn
- Tasviriy san’at
Eslatma: Grant motivatsiya va moddiy ehtiyojdan kelib chiqib beriladi.
Ariza berish tartibi:
Agar siz stipendiya olishni xohlasangiz, avval yuqorida aytib o‘tilgan dasturlardan biriga qabul qilinishingiz kerak. Qanday qilib ro‘yxatdan o‘tish haqida ma’lumot olish uchun bu yerga tashrif buyuring.
Bakalavr dasturi uchun qabul qilinishingiz bilanoq, sizga Hanze Minerva stipendiyasi uchun ham ariza topshirish taklif qilinadi va qabul komissiyasidan ariza ko‘rsatmalari ko‘rsatilgan elektron pochta xabarini qabul qilib olasiz. Hanze Minerva stipendiyasi faqat dasturning birinchi yilidan va asosan dasturning nominal davomiyligi uchun beriladi: to‘rt yil. Stipendiyani qabul qilish tartibi va to‘lovi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot tanlanganingizdan so‘ng elektron pochta orqali sizga yuboriladi.
Grantga ariza berishning oxirgi muddati - 2021 yil 1-iyun.