O‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshadi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshadi?
Matbuot anjumani doirasida o‘qituvchi-pedagoglarning maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshishi bilan bog‘liq savol berildi.
Hilola Umarova ushbu savolga javob berib, o‘qituvchilarning oylik ish haqini oshirish masalasi ustida Moliya vazirligi bilan doimiy hamkorlikda ishlanayotganini ta’kidladi. Shuningdek, bugungi kunda 1000 AQSH dollaridan ko‘p oylik oladigan ustozlar borligini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda o‘qituvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 3,4 mln so‘mni tashkil etadi va bu miqdor 2023-yilning mos davriga nisbatan 13,3 foizga oshgan. Oliy toifali, direktor jamg‘armasi hisobidan ustama oluvchi hamda xalqaro darajada tan olingan sertifikatga ega o‘qituvchilarning ish haqi 10 mln so‘mga yetadi.
Vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama 5,7 mln so‘mni tashkil qiladi. Sinovlardan shaffof o‘tgan o‘qituvchilarga bu pul to‘lab beriladi va ustozlar soniga chegara qo‘yilmagan. Olis hududga borib ishlaydigan o‘qituvchilarga 3,7 mln so‘mgacha, xalqaro olimpiada g‘olibi bo‘lgan va bugungi kunda o‘qituvchi bo‘lib ishlayotganlarga esa 4,1 mln so‘mgacha ustama beriladi.
Hozirda umumta’lim maktablarining 1000 AQSH dollari va undan yuqori miqdorida ish haqi oluvchi o‘qituvchilari soni 6000 nafardan ziyodni tashkil etadi. Vazir Hilola Umarova barcha o‘qituvchilarning yuqori miqdorda oylik olishlarini istayotganini va bu borada sharoit yaratishga intilishini bildirdi.