Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Perevod jarayoni uchun arizalar qabuli tez orada boshlanadi

09-iyul 15:57
Perevod jarayoni uchun arizalar qabuli tez orada boshlanadi

O‘qishni ko‘chirish tartibi

Amaldagi tartib bo‘yicha, o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga, my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga 15-iyuldan 5-avgustgacha davom etadi.

Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?

Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:

  • Turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;
  • Ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talaba.

Bu talabalar imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.

Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?

  • Xorijda o‘qiyotgan talaba;
  • Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.