Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Saudiya Arabistonida o‘qish uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

29.08.2021 12:44
Saudiya Arabistonida o‘qish uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi

Davlat:

Saudiya Arabistoni

Rasmiy havola:

www.kaust.edu.sa

Grant turi:

Doktorantura, Magistratura

KAUST fellowship - King Abdullah University of science and technology oliygohining magistratura va doktorantura bosqichida o‘qishni reja qilayotganlar uchun imkoniyat. Xarajatlar to‘liq qoplanadi, bepul o‘qib tadqiqot qilishlari mumkin.

FOYDALI TOMONLARI

  • Kontrakt to‘lovidan ozod qilinadi;
  • Yillik $20,000 dan $30,000 gacha oylik beriladi;
  • Turar joy, tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi;
  • Borish-kelish masalasida yordam beriladi.

Talablar:

  • Nomzodlar KAUST ga qabul qilinishi lozim;
  • Ingliz tili bilish darajasi (IELTS 6/TOEFL iBT 79). Agar nomzod AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Avstraliya yoki Yangi Zelandiya kabi davlatlarda o‘qigan bo‘lsa, til bilish sertifikati talab qilinmaydi;
  • GRE imtihon natijasi (ixiyoriy) ;
  • So‘nggi tamomlagan darajasini tasdiqlovchi hujjat (diplom) va uning baholari;
  • 3 ta tavsiyanoma;
  • CV (tarjimayi hol).

Murojaat va takliflar uchun: [email protected]