Shengen viza: ariza topshirish, kerakli hujjatlar va to‘lovlar
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Qachon ariza topshirish kerak?
Viza uchun ariza oldindan, rejalashtirilgan tashrif boshlanishidan ko‘pi bilan 6 oy oldin topshirish mumkin. Qoida ko‘ra, diplomatik vakolatxonaning ariza bo‘yicha qaror qabul qilish muddatlarini hisobga olgan holda, mo‘ljallangan tashrifdan kamida 15 kun oldin topshirish maqsadga muvofiq.
Qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?
Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi 15 kungacha davom etishi mumkin. Ayrim hollarda, arizani qo‘shimcha tekshirish zarur bo‘lganda, muddat maksimal 30 kungacha uzaytiriladi. Istisno hollarda, agar qo‘shimcha hujjatlar talab qilinsa, muddat maksimal 45 kungacha uzayishi mumkin.
Qanday hujjatlar topshiriladi:
- Viza uchun to‘ldirilgan ariza shakli.
- Xalqaro sayohat pasport.
- Shaxsiy fotosurat (suratga qo‘yilgan talablar).
- Sayohatdan maqsad aks etgan hujjat.
- Tibbiy sug‘urta (qoplab berish miqdori kamida 30 ming yevro)
- Vaziyatga qarab sayohat muddati, turar joylar, borish-kelish safarlari aviabilet bronlari va boshqa hujjatlar tala etilishi mumkin.
Viza to‘lovlari turlari:
- Voyaga yetganlar uchun shengen viza to‘lovi: 80 yevro.
- 6-12 yoshdagi bolalar uchun: 40 yevro.
- 6 yoshdan kichkinalar uchun bepul. Bundan tashqari, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv va istesno holatlar uchun narxlarda o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Batafsil ma’lumot uchun rasmiy vakolatxona, elchixona va konsulliklarga aloqaga chiqing.