Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash va ijara pulini byudjetdan kompensatsiya qilish tartibi o‘zgartirilmoqda
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Xabaringiz bor, 2 yildan buyon talabalarning ijara xarajatlarining bir qismi davlat byudjetidan qoplanayotgan edi.
Aniqrog‘i, 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.
Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur tartib o‘zgartirilmoqda. Yaʼni ijarada turgan talabalar uchun yagona aniq summa belgilanmoqda. Bunda ijara puli:
- Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (330 ming so‘m);
- qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (165 ming so‘m) miqdorida davlat tomonidan qoplanadi.
Ya’ni, masalan, talaba Toshkentdagi biror xonadonda kursdoshlari bilan birga 600 ming so‘mdan ijarada tursa, shuning 330 ming so‘mi davlat tomonidan qoplanadi.
Shuningdek, sentyabr va oktyabr oylarida ijara puli qoplanishi uchun hech qanday ijara shartnomasi ko‘rsatish shart bo‘lmaydi, shartnoma bo‘lmasa ham qoplab berilaveradi.
Bundan tashqari OTMlardagi talabalar turar joylari endi onlayn maxsus tizim orqali tarqatiladi va bunda byurokratiya hamda inson omili minimal darajaga tushiriladi.
Yangi o‘zgarishlarda talabalarni yotoqxona bilan taʼminlashga oid boshqa yaxshi yangiliklar ham bor. Bu borada tegishli masʼullar bilan ovozli chat tashkil qilishni rejalashtiryapmiz.