Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"To‘lov shartnomasini olmaslik tavsiya etiladi" – vazirlik abituriyentlarni ogohlantirdi

26-sentabr 16:39

“To‘lov shartnomasini olmaslik tavsiya etiladi” – vazirlik Abu Rayhon Beruniy universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlarni ogohlantirdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi abituriyentlarni Abu Rayhon Beruniy universitetiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirmaslik, to‘lov shartnomasini olmaslik va o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirmaslik tavsiya etdi.

Qayd etilishicha, oliygohning № 363695-raqamli litsenziyasi tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilgan (avtomatik shakllangan) hamda bekor qilish shaklidagi huquqiy ta’sir chorani qo‘llash to‘g‘risida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritilgan.

"Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar vazirlikning stat.edu.uz saytidagi ro‘yxatda mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz," – deyiladi vazirlik bayonotida.