Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yuridik texnikum bitiruvchilari qayerda ishlashi mumkin?

08-aprel 16:58
Yuridik texnikum bitiruvchilari qayerda ishlashi mumkin?

Yuridik texnikum bitiruvchilariga davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻrta maxsus professional taʼlimdagi yoʻnalishlar, kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha malaka darajasi koʻrsatilgan holda, oʻrta maxsus professional taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi.

Yuridik texnikumni tamomlagan oʻquvchi respublika miqyosida malaka talablariga binoan oʻrta maxsus yuridik maʼlumot zarurati mavjud boʻlgan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda uning hududiy tuzilmalari,
  • Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organlari,
  • notarial idoralar, advokatlik tuzilmalari va shu kabi qator idoralarning umumiy shtat birliklari soni doirasida vakant lavozimlarga ishga kirish boʻyicha tanlovda belgilangan tartibda ishtirok etish mumkin.