Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Fan olimpiadalarining maktab bosqichi sentyabr oyida o‘tkaziladi

11-sentabr 11:33
Fan olimpiadalarining  maktab bosqichi sentyabr oyida o‘tkaziladi

Olimpiadaning maktab bosqichi 16-30-sentyabr kunlari oʻtkaziladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2024-2025-oʻquv yilida fan olimpiadalarini oʻtkazish boʻyicha Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hamda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga ko‘rsatma xati yubordi.

Unga ko‘ra, umumta’lim fanlari bo‘yicha Asosiy olimpiada davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Respublika miqyosida tizimli ravishda tashkil etilishi hamda Asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichi sentabr oyida o‘tkazilishi belgilangan.

2024-2025-o‘quv yili uchun fan olimpiadalarining birinchi bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni quyidagi manbadan o‘rganishingiz mumkin.